16:08 / 10.05.2022
6632
BMT bosh kotibi Moldova prezidenti bilan uchrashdi

Antoniu Guterrishning ma’lum qilishicha, BMT ukrainalik qochqinlar soni o‘sishi bilan bog‘liq gumanitar inqiroz sababli Moldovani qo‘llab-quvvatlashni kengaytiradi. 

Foto: Anadolu Agency

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Kishinyovga tashrifi doirasida Moldova prezidenti Mayya Sandu bilan uchrashdi.

«Moldova xalqining sa’y-harakatlarini, Ukrainadagi urushdan qochganlarga nisbatan saxiyligi va birdamligini olqishlayman», - deb yozdi Guterrish Twitter sahifasida.

Uning ma’lum qilishicha, BMT ukrainalik qochqinlar soni o‘sishi bilan bog‘liq gumanitar inqiroz sababli Moldovani qo‘llab-quvvatlashni kengaytiradi.

BMTning oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya bilan urush boshlanganidan buyon Ukrainani 5 mln 890 mingdan ortiq inson tark etgan. Moldovaga 457 mingga yaqin Ukraina fuqarosi o‘tgan.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top