08:05 / 07.06.2022
11462

«Ijtimoiy ish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e’lon qilindi

“Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

“Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi 8 bob, 38 moddadan iborat. Unda:

asosiy tushunchalar - deinstitutsializatsiya, ijtimoiy ish, ijtimoiy xodim, ijtimoiy xizmat yordamchi xodimlari, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy xodim axloq kodeksi, ijtimoiy ish amaliyoti standarti, paraprofessional ijtimoiy xodimlar, hodisani boshqarish;

davlat siyosati asosiy yo‘nalishlari va prinsiplari;

ijtimoiy ish sohadagi tegishli organlarning vakolatlari;

ijtimoiy xodim faoliyati - ijtimoiy xodim vazifalari, bolalar farovonligi va himoyasini ta’minlash borasidagi ijtimoiy ish, ta’lim muassasalari tizimida (maktabgacha, maktab, kasb-hunar) ijtimoiy ish, sog‘liqni saqlash, tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish, huquqni muhofaza qilish sohalardagi ijtimoiy ish,  nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ijtimoiy ish, mahalliy hamjamiyatdagi ijtimoiy ish, internat muassasalarida ijtimoiy ish, aholi turli toifalari bilan ijtimoiy ish, ijtimoiy xizmatlar oluvchilar huquq va majburiyatlari, ijtimoiy ish shakllari, turlari va boshqalar keltirilgan.

Qonun loyihasida vazirliklar va idoralar majburiyatlarini, ijtimoiy xizmatlar xodimlariga qo‘yiladigan talablarni belgilash me’yorlari nazarda tutilgan.

Bildirilishicha, “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi aholini ijtimoiy himoya qilishni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ladi, ijtimoiy ish turlarini kengaytirishga, shaxs/oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirishga ko‘mak beradi. 

Qonun nafaqat ijtimoiy ishlarni bajarish jarayonini tartibga solish, balki uning himoyaga muhtoj (ehtiyojmand) shaxslar/oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatiga ta’sirini tizimli tahlil qilish va shaxslar/oilalar og‘ir turmush sharoitidan chiqib ketishi bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Top