19:00 / 08.06.2022
16364

Coca-Cola Jahon kubogi taqdimotini haqiqiy shouga aylantirdi 

6 iyun kuni Toshkentda Coca-Cola tomonidan Jahon kubogi turining navbatdagi bosqichi o‘tkazildi. 

Foto: Coca-Cola kompaniyasi
Foto: Coca-Cola kompaniyasi

5 iyun kuni Toshkentga olib kelingan kubokning taqdimotiga qiziqish yurtimiz futbol muxlislari orasida katta edi. Bundan tashqari, muxlislarda nafaqat futbol olamining eng nufuzli sovrini, balki ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan futbol afsonalari bilan ko‘rishish imkoniyati ham taqdim etildi. Bu galgi tur doirasida Jahon kubogiga 1998 yilda Fransiya bilan mamlakat tarixida dastlabki chempionlikni tantana qilgan Kristian Karambyo va 2010 yilda Ispaniyaga o‘z tarixidagi birinchi mundial chempionligini qo‘lga kiritishda yordam bergan Karles Puyol hamrohlik qilishdi. 

Dastavval, futbol afsonalari «Bunyodkor» stadionida bo‘lib, yosh futbolchilarga o‘ziga xos master-klass o‘tab berishdi.

Foto: Coca-Cola kompaniyasi
Foto: Coca-Cola kompaniyasi
Foto: Coca-Cola kompaniyasi
Foto: Coca-Cola kompaniyasi
Foto: Coca-Cola kompaniyasi

So‘ngra tadbirning hamma orziqib kutgan qismi boshlandi. «Tashkent City»da joylashgan «Congress Hall»da futbol afsonalari Jahon kubogining taqdimotini amalga oshirishdi. So‘ngra Puyol va Karambyo Jahon kubogi va uni qo‘lga kiritish emotsiyalari haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. 

Foto: Coca-Cola kompaniyasi
Foto: Coca-Cola kompaniyasi
Foto: Coca-Cola kompaniyasi

«Toshkentga yana bir bor tashrif buyurganimdan juda xursandman. Coca-Cola tomonidan tashkillashtirilayotgan FIFA Jahon Kubogi Trophy Tour'ning bir qismi bo‘lish men uchun juda sharafdir. Bugun men U12 va U13 yosh futbolchilari bilan uchrashdim, bu men uchun ilhomlantiruvchi va yosh yulduzlar uchun ajoyib mashg‘ulot bo‘ldi», — deydi Kamberbeu. 

Uning hamrohi Karles Puyol esa shunday qo‘shimcha qildi: «O‘zbekistonda futbol bo‘yicha Jahon kubogi sayohatini davom ettirar ekanmiz, bugungi tadbirda barchangiz bilan birgaligimdan juda xursandman. Bu butun dunyo bo‘ylab va O‘zbekistondagi muxlislar uchun haqiqiy sehrli ilhomdir. Men bu yerda ajoyib yosh futbol jamoasini ko‘rdim va bu ularga qoyil qoldim», — deydi ispaniyalik futbol afsonasi. 

Foto: Coca-Cola kompaniyasi
Foto: Coca-Cola kompaniyasi

Eslatib o‘tamiz, Coca-Cola tomonidan Jahon kubogining O‘zbekistondagi taqdimoti ikkinchi bor amalga oshmoqda. Birinchi marta mundial bosh sovrini poytaxtimizga 2018 yilda kelgandi.

Top