Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda afroamerikalik politsiya tomonidan otib o‘ldirilishi ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi
Mahalliy OAVning yozishicha, 25 yoshli Jyeyland Uokerga sakkiz nafar politsiyachi 90dan ortiq o‘q uzgan.
Foto: 3News
AQShning Ohayo shtatidagi Akron shahrida politsiya operatsiyasi davomida navbatdagi afroamerikalikning o‘ldirilishi ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi. Bu safar 25 yoshli Jyeyland Uoker politsiya qurboniga aylandi.
Akron politsiya departamentining xabar berishicha, Uoker 27 iyun kuni yo‘l harakati qoidasini buzganidan so‘ng politsiyadan qochishga uringan chog‘ida otib o‘ldirilgan. Xabarda aytilishicha, u politsiyachilarga qarata o‘q uzgan.
"Gumondorning harakatlari politsiya xodimlarining hayotiga xavf solgan", ular shu sababli o‘q uzgan, deb ma’lum qilgan politsiya. Politsiya uning mashinasidan qurol topilganini bildirgan.
Mahalliy OAVning yozishicha, Uokerga sakkiz nafar politsiyachi 90dan ortiq o‘q uzgan.
"Unga 60ta o‘q tekkan", - deb yozdi Black Lives Matter tashkiloti Twitter sahifasida.
Uokerning o‘limiga aloqador politsiyachilar xizmatdan vaqtinchalik chetlatilgan.
2020 yilda Minneapolis shahrida afroamerikalik Jorj Floyd politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olish chog‘ida hayotdan ko‘z yumgandi. Bu voqeadan so‘ng AQShning ko‘plab shaharlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan, ayrim hollarda namoyishlar ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketgandi.
Mavzuga oid
23:18 / 21.01.2026
Germaniya nega Vashingtonga qarshi chiqmadi?
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
22:11 / 21.01.2026
Bu bizning hudud – Tramp Grenlandiya haqida
21:15 / 21.01.2026