07:46 / 12.07.2022
27666

Ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli boshlandi

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalaridagi ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz

Respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qitishga nomzodlardan arizalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ikkinchitalim.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

Bunda nomzodlar platformada:

  • o‘z pasport ma’lumotlari, JShShIR ma’lumoti haqida axborotlarni kiritadi;
  • diplom va uning ilovasi elektron nusxasini yuklaydi;
  • o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlaydi.

Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Arizalar 10 avgustga qadar qabul qilinadi.

Top