Bunday kunlarda köpçilik boşidan suv quya boşlaydi, «issiqdan ölayozdim», deya konditsionerli xonalarni tark etişmaydi, litrlab suv içişadi. Savol tuğiladi: çindan ham inson taşqi havoning isişi natijasida ölib qolişi mumkinmi?
Olimlar inson organizmining çidamliligi çegaralarini aniqlaşga mudom intilib kelgan va doim yangi ixtirolar qilişadi. Oldinga ötgan holda ta’kidlaşimiz kerak: inson oçiq quyoş ostida bir neça daqiqada özini yomon his qila boşlaşi mumkin. Biroq inson organizmi yanada kattaroq ziyonga duçor bölişi mumkin bölgan boşqa xavfli şaroitlar ham bor.

Quyoş tiği nimasi bilan xavfli?
Inson salomatligiga eng katta ziyon – u oçiq osmon ostida, quyoş tiğida qolib ketganda yetkazilişi öz-özidan tuşunarli narsa. Yozda havo harorati 40 darajadan ham ötadi, çöl va daştlardagi oçiq dalalarda bu körsatkiç yana 10-20 punktga ziyodroq ham bölişi mumkin. Quyoş ostida insonning boşi ayniqsa zarbaga birinçi bölib duçor böladi — issiq harorat inson boşining pöstloğini qizdiradi, bu esa tomirlar kengayişiga olib keladi. Buning oqibatida boşga katta hajmda qon oqa boşlaydi, bu esa miyadagi qiltomirlar yorilişiga olib kelişi mumkin. Bu butun markaziy nerv tizimiga ziyon yetkazişi mumkin.

Quyoş va issiq urişi
Jaziramada inson issiq urişi yoki quyoş urişidan jabr körişi mumkin. Bu alohida-alohida farqli holatlardir.
Keling, avval quyoş urişining oğirlik darajasiga köra eng keng tarqalgan alomatlari bilan taniştirib ötamiz:
- Yengil darajadagi quyoş urişi holsizlik, boş oğriği, köngil aynişi, nafas oliş va puls urişi tezlaşişi, köz qoraçiği kengayişi bilan namoyon böladi;
- Örta darajadagi quyoş urişi yuqorida sanalgan alomatlardan taşqari, quloq bitişi, qadam bosiş qiyinlaşişi, huşdan ketiş va tana harorati 38–40 darajagaça kötarilişi bilan yuzaga çiqadi;
- Oğir darajadagi quyoş urişi kutilmaganda namoyon böladi: inson terisi oqaradi, ong ravşanligi yöqoladi, ixtiyorsiz najas ajraladi, tana harorati 42 darajagaça kötarilib ketişi mumkin.














