11:20 / 14.07.2022
5797

Abdulla Aripov Samarqandda ziyoratchilar bilan uchrashdi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov yaqinda Samarqandga amaliy safari chog‘ida Go‘ri Amir maqbarasi yonida Malayziyadan tashrif buyurgan birinchi ziyoratchilar guruhini kutib oldi. 

Foto: Telegram / Aziz_Abduhakimov

Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ma’lum qildi 

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, mavsum oxirigacha Janubi-Sharqiy Osiyodan ziyoratchilar O‘zbekistonga har 10 kunda Malaysia Airlines charter reyslari bilan yetib keladi. 

Qayd etilishicha, malayziyalik sayyohlar O‘zbekiston bosh vaziriga «Biz O‘zbekistonni sevamiz» shiori bilan qadimiy Samarqand shahrini ziyorat qilish imkoniyati uchun minnatdorchilik bildirgan. 

Foto: Telegram / Aziz_Abduhakimov

Bundan tashqari, bosh vazir Andijon viloyatidan kelgan bir guruh sayyohlarni Registon maydonida qarshi oldi. Bayram kunlarida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida muqaddas qadamjolarga ommaviy safarlar uyushtirildi. 

Foto: Telegram / Aziz_Abduhakimov
Top