15:27 / 18.07.2022
4824
O‘zbekiston qurilgan GESlar soni bo‘yicha MDH davlatlari orasida yetakchiga aylandi

O‘zbekiston so‘nggi 5 yilda ishga tushirilgan yangi GESlar soni bo‘yicha MDH davlatlari orasida yetakchilik qilmoqda.

MDH mamlakatlari ichida o‘tgan 5 yil davomida gidroenergetika sohasida yangi GESlarni foydalanishga topshirish bo‘yicha O‘zbekiston yetakchi o‘rinni egallamoqda. Bu haqda «O‘zbekgidroenergo» axborot xizmati xabar berdi.

Bu borada, ko‘rsatkichlarga qaralsa, Rossiya Federatsiyasida jami 6 ta, Tojikiston Respublikasida 1 ta, Qozog‘iston Respublikasida 3 ta, Ozarboyjon Respublikasida 5 ta, Belarus Respublikasida 2 ta yangi GESlar ishga tushirilgan.

«O‘zbekgidroenergo» ma’lumotida aytilishicha, Ukraina, Moldova, Gruziya, Qirg‘izistonda yangi GESlar ishga tushirilmagan.

Bildirilishicha, O‘zbekistonda o‘tgan 5 yillik davr mobaynida 11 ta yangi GES qurib foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, 9 ta GES modernizatsiya qilinib, yangi quvvatlarda ishga tushirildi.

Top