11:20 / 18.07.2022
8912

YeXHT missiyasi O‘zbekistondagi referendumni kuzatish zaruriyatini baholaydi

DIIHB missiyasi xulosalari asosida YeXHT bo‘lajak respublika referendumini kuzatishning maqsadga muvofiqligi, formati, davomiyligi va kuzatuvchilar tarkibi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

19-22 iyul kunlari “Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha bo‘lajak respublika referendumi munosabati bilan YeXHT DIIHB ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari tashrifi kutilmoqda.

Markaziy saylov komissiyasi xabariga ko‘ra, ehtiyojlarni baholash missiyasi tashrifidan ko‘zlangan maqsad referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil etish bilan tanishish, referendum to‘g‘risidagi milliy qonunchilikning umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiqligini tahlil qilishdan iborat.

DIIHB missiyasi xulosalari asosida YeXHT bo‘lajak respublika referendumini kuzatishning maqsadga muvofiqligi, formati, davomiyligi va kuzatuvchilar tarkibi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Tashrif davomida missiya mutaxassislari Markaziy saylov komissiyasi raisi, qator vazirlik va idoralar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashadi.

Mavzuga oid
Top