Ekvadorda tödalar zöravonligiga qarşi yanada qat’iyroq çoralar köriş böyiça referendum ötkazildi. 21 aprel, yakşanba kuni bölib ötgan ommaviy ovoz berişda armiya va politsiya vakolatlarini kengaytiriş, qurol nazoratini kuçaytiriş va uyuşgan guruhlar jinoyatlari uçun jazoni qat’iylaştiriş böyiça qarorlar qabul qilindi.

Şu bilan birga, uyuşgan jinoyatçilikka aloqadorlikda gumonlanib, xorijda qidirilayotgan ekvadorliklarni ekstraditsiya qilişga ruxsat beruvçi konstitutsiyaga özgartiriş kiritiş böyiça ovoz beriş bölib ötmoqda. Janubiy Amerika davlatida 13,6 millionga yaqin saylovçi referendumda qatnaşiş huquqiga ega.

Ekvador prezidenti Daniel Noboa mamlakatda kuçayib borayotgan zöravonlik bilan kuraşib, rejalaştirilgan xavfsizlik çoralari uçun saylovçilarning qöllab-quvvatlaşiga umid qilmoqda. U ekvadorliklarni politsiya-harbiy patrul xizmatini joriy etiş, qidiruvdagi jinoyatçilarni ekstraditsiya qiliş, terrorizm va qotillik uçun jazo muddatini uzaytirişni qöllab-quvvatlaşga çaqirdi. Referendumga jami 11 ta masala qöyildi.

Ekvadorda favqulodda holat

Yanvar oyida kuçli «Los Çoneros» tödasi rahbari, narkobaron Adolfo Macias qamoqdan qoçib ketganidan söng, Noboa «içki qurolli mojaro» tufayli favqulodda holat va komendantlik soati e’lon qildi. Öşa oyda yuziga niqob taqib olgan şaxslar jonli efirda TC Televisión davlat televideniyesiga bostirib kirib, bir neça jurnalist va xodimlarni garovga oldi. 

Telekanaldagi voqeadan söng va Ekvadorda banditizm kuçayişi munosabati bilan prezident Noboa barça tödalarni yöq qilişni buyurdi. Farmon bilan u qurolli kuçlarga «içki qurolli mojaro» rejimini e’lon qilib, yigirma jinoiy taşkilotga qarşi operatsiyalar ötkazişni topşirdi. Farmonda Ekvadorda faoliyat yuritayotgan jinoiy tödalar yöq qilinişi lozim bölgan terrorçi taşkilotlar va uruşayotgan nodavlat tomonlar deb ataladi. Bunga javoban jinoiy guruhlar hukumatga «uruş» e’lon qildi. Öşandan beri qamoqxonalarda zöravonlik avj oldi, mahbuslar tartibsizliklar uyuştirdi va xodimlarni garovga oldi. Bundan taşqari, Ekvadorda qurolli hujumlar va odam öğirlaşlar sodir böldi.

Daniel Noboa 2023 yil noyabr oyida lavozimga kelganidan beri önga yaqin siyosatçi va prokurorlar öldirildi. Prezidentning sözlariga köra, uning mamlakati «narkoterrorçilar va ularning ittifoqçilari» tomonidan terrorga uçramoqda.