07:48 / 19.07.2022
38879
JSST vakili COVID-19’ning yangi belgilarini ma’lum qildi

Koronavirusning faol mutatsiyasi tufayli isitma yoki hid bilishning yo‘qolishi endi infeksiyaning asosiy belgilari emas. Bemorlar butunlay boshqacha alomatlarga duch kelishadi.

Foto: Sofya Sandurskaya / AGN «Moskva»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) koronavirus bo‘yicha maxsus vakili Devid Nabarro Sky News telekanaliga kasallik bo‘yicha nimalarga e’tibor berish kerakligini aytdi.

Shunday qilib, kasallikning asosiy belgilari endi tomoq og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i va burun bitishidan iboratdir. 

«Bu virus doimo rivojlanib, o‘zgarib turadi. Kasallik soni o‘sishiga sabab - u yana o‘zgarib, biz uchun juda aqlli bo‘lib qoldi. U bizning immun tizimimizni yorib o‘tishi mumkin va shuning uchun kasallanganlarning soni ortib bormoqda», dedi Devid Nabarro.

Amerikaning Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dushanba kuni ertalab dunyoda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 562 443 449 nafarga yetgan. 

Dunyoda virus tarqalishi boshlanganidan buyon 6 369 529 kishi COVID-19 infeksiyasi oqibatlaridan vafot etdi. 20 milliondan ortiq infeksiya holati qayd etilgan mamlakatlar qatoriga AQSh, Hindiston, Braziliya, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya kiradi. 

Mavzuga oid
Top