10:57 / 20.07.2022
4002
Toshkent shahrining ayrim hududlarda suv ta’minoti to‘xtab qoldi 

Suvsiz qolgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazilmoqda. 

Toshkent shahrida joylashgan “Bo‘zsuv” inshootidagi nasos stansiyasida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda "Toshkent shahar suv ta’minoti" MChJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu nosozlik sababli poytaxtning Yunusobod tumanidagi ayrim hududlarda suv ta’minoti to‘xtab qoldi.

Bildirilishicha, ayni paytda stansiyada ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. 

Suvsiz qolgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazilmoqda. Yaqin soatlarda suv ta’minoti qayta tiklanadi.

Top