Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik olimlar suvni tozalashga qaratilgan yangi yechimni taqdim etdi
Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti olimlari biologik asosda olingan ko‘p qatlamli grafen yaratdi. Ushbu material asosida suvni tozalashga mo‘ljallangan WATER-TOL nomli filtr-press qurilmasining laboratoriya namunasi ham ishlab chiqildi.
Foto: Fanlar akademiyasi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti olimlari tomonidan biologik asosda olingan ko‘p qatlamli grafen yaratildi. Shuningdek, mazkur material asosida suvni tozalashga mo‘ljallangan WATER-TOL nomli filtr-press qurilmasining laboratoriya namunasi ishlab chiqilgani ma’lum qilindi.
So‘nggi yillarda uglerod asosidagi zamonaviy materiallar — grafen, uglerod nanotrubkalari, fullerenlar, grafen oksidi — turli sohalarda keng tadqiq etilmoqda. Biroq mutaxassislar qayd etishicha, bunday materiallarning aksariyatini ishlab chiqarish jarayonida zaharli moddalar qo‘llanilishi sababli ayrim yo‘nalishlarda, xususan tibbiyotda, cheklangan tarzda foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan yaratilgan ko‘p qatlamli grafen esa inson organizmi uchun zararsiz, biomos (inson to‘qimalari bilan mos keluvchi) yangi avlod nanokarbon materiali sifatida baholanmoqda. Olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, ushbu material:
- inson to‘qimalariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi;
- yaralarning tez bitishiga yordam beradi (jumladan, diabet sabab uzoq bitmaydigan yaralar holatida ham);
- bakteriyalar, viruslar va zamburug‘larga qarshi faol ta’sirga ega;
- hujayra va to‘qimalarning tiklanish jarayonini rag‘batlantiradi.
Qayd etilishicha, mazkur material tibbiyotda yaralarni davolash, tiklovchi muolajalar hamda antibakterial qoplamalar yaratishda, farmatsevtikada dori vositalarini yetkazib beruvchi tashuvchi sifatida, sanoatda esa mustahkam va yuqori chidamli materiallar tayyorlashda qo‘llanishi mumkin.
Eng muhimi, olimlar ta’kidlashicha, global ekologik muammolarni inobatga olgan holda ko‘p qatlamli grafen suv va havoni tozalash, zaharli moddalar hamda radionuklidlarni yutib olishda yuqori samaradorlikka ega.
Ma’lumot uchun, ko‘p qatlamli grafenning grafen oksididan asosiy farqi — unda kislorodli guruhlar saqlanmasligi bilan izohlanadi. Shu bois, u tibbiyot va ekologiya yo‘nalishlari uchun xavfsizligi hamda yuqori salohiyati bilan istiqbolli innovatsion material sifatida ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
12:37 / 19.12.2025
Yakkabog‘ hokimligining o‘zbek “demokratiyasi”ga qarshiligi sindi. Qayrag‘och aholisi suv bilan ta’minlanadi
17:06 / 17.12.2025
«Suv zaxiramiz o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,5 mlrd kub metrga kam» – suv xo‘jaligi vaziri
14:05 / 21.11.2025
Toshkent havosidagi changni kamaytirish: hokimlik yo‘llarga suv sepish bo‘yicha maxsus rejim joriy etdi
13:41 / 21.11.2025