Yakkaboğ hokimiyatiga köra, mazkur loyiha “Taşabbusli budjet” jarayonida aholi ovozi bilan ğolib deb topilgan bölib, ajratilgan pul mablağlari qat’iy belgilangan tartibda saqlanmoqda va boşqa maqsadlarda sarflanişi mutlaqo mumkin emas.

Ayni paytda suv çiqariş böyiça loyiha-smeta hujjatlari işlab çiqilmoqda. Uşbu jarayon belgilangan tartib va talablar asosida olib borilayotgani sababli ma’lum vaqtni talab etadi.

Quriliş va montaj işlari yaqin kunlarda boşlanişi rejalaştirilgan bölib, loyiha yakunida Qayrağoç mahallasi aholisi suv bilan ta’minlanadi.

Mazkur loyiha ijrosi doimiy nazoratda bölib, barça işlar oçiqlik va şaffoflik tamoyillari asosida amalga oşiriladi.

Aholining bildirilayotgan fikr va takliflari inobatga olinişi hamda loyiha böyiça qöşimça ma’lumotlar muntazam ravişda yetkazib borilişi ma’lum qilingan.