07:47 / 21.07.2022
1822
O‘zbekistonda yarim yil ichida 52 kishi yong‘in oqibatida halok bo‘ldi

6 oy davomida respublikada 4465 ta yong‘in yuz berdi, 52 kishi halok bo‘ldi, 101 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda FVV Nazorat va profilaktika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mavlon Do‘schanov ma’lum qildi.

Mavlon Do‘schanov

Qayd etilishicha, iyul oyining birinchi o‘n besh kunligida yong‘inlar bilan bog‘liq vaziyat faollashgani kuzatilmoqda

Ushbu davrda sodir bo‘lgan yong‘inlar 579 tani tashkil etib, 95 tasi qurigan o‘simliklarning yonishi, 397 tasi aholi turar joylari va 87 tasi boshqa obektlarga to‘g‘ri kelmoqda.

Ta’kidlanishicha, bunday jazirama paytlarda fuqarolar tomonidan havoni salqinlantiruvchi turli elektr qurilmalardan, konditsionerlardan foydalanish darajasi ortadi. 

Biroq, konditsionerdan uzoq muddat qarovsiz foydalanish, elektr ta’minoti qoidalariga rioya etmaslik, bitta elektr iste’molchi uchun mo‘ljallangan elektr toki manbalariga katta quvvatga ega bir nechta iste’molchilar ulanishi elektr kabellar qizishi va oqibatida yong‘in chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Top