Ma’lumotga ko‘ra, hodisa Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Alisher Navoiy ko‘chasi 22-uy oldida sodir bo‘lgan. Avtomobil yonayotgani to‘g‘risidagi xabar Toshkent shahar FVBBga soat 00:51 da kelib tushgan.
Shundan so‘ng qutqaruv texnikalari ko‘rsatilgan manzilga soat 00:54 da yetib borgan. Yong‘in soat 00:57 da o‘chirilgan.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.















