12:35 / 21.07.2022
11980
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda chegara savdo zonalari tizimini yaratish taklifi bilan chiqdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvida so‘zga chiqib, qator takliflarni ilgari surdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston rahbari Markaziy Osiyoda tovarlarni yetkazib berishning yagona va soddalashtirilgan tartib-qoidalariga ega bo‘lgan chegara savdo zonalari tizimini yaratishni taklif qildi.

Bundan tashqari quyidagi takliflar bildirildi:

  • har yili Markaziy Osiyo mintaqalari forumi o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish;
  • Hindiston, Pokiston va Xitoy bozorlariga chiqish uchun muqobil transport yo‘laklarini ilgari surish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish;
  • aholini keng nomenklaturadagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashning kompleks sxemasini birgalikda ishlab chiqish;
  • Markaziy Osiyo madaniyat, san’at va kino festivalini mamlakatlarda navbatma-navbat o‘tkazish;
  • o‘zaro turistik oqimlarni ko‘paytirish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash uchun qo‘shma ekspertlar guruhini tashkil etish;
  • yoshlar siyosatining umumiy yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘p tomonlama shartnomani tayyorlash.

Bundan oldin Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari doimiy maslahatlashuvini yo‘lga qo‘yishni taklif qilgandi.

Top