Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari doimiy maslahatlashuvini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvida so‘zga chiqib, qator takliflarni ilgari surdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Xususan, Shavkat Mirziyoyev xavfsizlik sohasida Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari va xavfsizlik xizmatlari rahbarlarining doimiy maslahatlashuvini yo‘lga qo‘yish taklifi bilan chiqdi.
«Mintaqaviy hamkorligimizning strategik yo‘nalishi xavfsizlik sohasidir.
Mintaqaning xavfsizligi ajralmas va eng avvalo, hamkorligimiz qanchalik samarali yo‘lga qo‘yilganiga bog‘liqligini alohida ta’kidlamoqchiman.
Bu borada ekstremizm va terrorizmning an’anaviy tahdidlari, uyushgan jinoyatchilik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishda amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishimiz zarur.
Bizning alohida e’tiborimiz internetdagi ko‘lami ortib borayotgan noqonuniy faoliyat bilan bog‘liq chaqiriqlar muammolariga qaratilgan.
Bugungi kunda bu tahdidlarning chegarasi yo‘q – ular mobil telefonlar orqali kirib boradi.
Afsuski, O‘zbekistonda so‘nggi paytlarda ro‘y bergan fojiali voqealar bizning rejalarimizni buzishga, mintaqamizda tartibsizlik va beqarorlik keltirib chiqarishga urinayotgan buzg‘unchi kuchlar borligini yana bir bor tasdiqladi.
Shu munosabat bilan biz mintaqa davlatlarining xavfsizlik kengashlari va maxsus xizmatlari rahbarlarining ushbu sohalarning barchasi bo‘yicha muntazam maslahatlashuvlarini yo‘lga qo‘yish taklifini qo‘llab-quvvatlaymiz», dedi davlat rahbari.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi
Jahon | 22:37 / 29.06.2025
-
Tramp TikTok uchun xaridorlar topganini ma’lum qildi
Jahon | 22:01 / 29.06.2025
-
Eron bir necha oy ichida boyitilgan uranni ishlab chiqarishga qaytishi mumkin - MAGATE rahbari
Jahon | 21:53 / 29.06.2025
-
Blue Origin kapsulasi 6 nafar turist bilan suborbital parvozni amalga oshirdi
Jahon | 21:48 / 29.06.2025
Mavzuga oid

10:12 / 19.04.2025
Markaziy Osiyo xavfsizlik kengashlari rahbarlari terrorizmga qarshi kurashni muhokama qildi

10:05 / 29.03.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston xavfsizlik maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

18:54 / 10.03.2025
O‘zbekiston terrorizm tahdidi past bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirdi

00:29 / 10.03.2025