Markaziy Osiyo davlatlari taşqi kuçlar tomonidan bosimga uçraşda davom etmoqda. Bu haqda Özbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Mahmudov xavfsizlik masalalari böyiça oliy vakillarning XII xalqaro yiğilişida ma’lum qildi, deb yozadi TASS.

«Özbekiston Markaziy Osiyo mintaqasiga taşqi siyosatning ustuvor yönalişi sifatida qaraydi hamda bu mintaqada tinçlik, xavfsizlik va işonçni örnatiş böyiça faol sa’y-harakatlarni amalga oşirmoqda, - dedi u. - Afsuski, bugungi kunda mintaqa davlatlariga taşqi kuçlar tomonidan bosim davom etmoqda. Ular Markaziy Osiyo davlatlarini milliy manfaatlarini inobatga olmagan holda tanlov oldiga qöyişga harakat qilmoqda». 

Sankt-Peterburgdagi «Ekspoforume»da xavfsizlik masalalari böyiça oliy vakillarning XII xalqaro yiğilişi bölib ötmoqda.