Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rishi Sunak Britaniya bosh vazirligiga saylovda o‘zining g‘alaba qozonishiga shubha bildirdi
Chorshanba kuni Britaniyada bosh vazirni saylash uchun ovoz berishning beshinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Saylov finaliga tashqi ishlar vaziri Liz Trass va sobiq moliya vaziri Rishi Sunak yo‘l oldi.
Foto: Reuters
Buyuk Britaniya bosh vazirligiga nomzod, sobiq moliya vaziri Rishi Sunak saylovda o‘zini autsayder deb atadi.
"Bugun mening partiya a’zolari bilan birgalikda saylov kampaniyam boshlanadi. Mening kampaniyam eng yaxshi konservativ qadriyatlarni aks ettiradi. Har bir ovozga munosib bo‘lish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman, lekin shubhaga o‘rin yo‘q, men - autsayderman", - dedi Sunak.
Chorshanba kuni Britaniyada bosh vazirni saylash uchun ovoz berishning beshinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, saylov finaliga tashqi ishlar vaziri Liz Trass va sobiq moliya vaziri Rishi Sunak yo‘l oldi.
Avvalroq YouGov tadqiqot kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovda konservativ partiyaning 60 foizdan ortiq a’zolari saylovda Trass uchun ovoz berishini bildirgan, Sunak 40 foiz ham ovoz olmagandi.
Oxirgi turda konservativ partiyaning barcha a’zolari ovoz berishi orqali g‘olib aniqlanadi. Ovoz berish pochta orqali o‘tkaziladi. Natijalar 5 sentabrda e’lon qilinadi.
Boris Jonson 7 iyul kuni mamlakat bosh vazirligi va konservativ partiya rahbarligidan ketishini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:41 / 20.01.2026
London bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash imkonini ko‘rib chiqmoqda
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
13:29 / 14.01.2026
Eronda qurbonlar soni o‘smoqda: YeI va Britaniya sanksiyalarni kuchaytirishga tayyorlanyapti
19:15 / 12.01.2026