Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Gazel» yonib ketdi
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 23 iyul kuni «Gazel» yuk avtomobili yonib ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, soat 19:35 da Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidagi ko‘prik ustida harakatlanib ketayotgan «Gazel» rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:39 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 19:44 da o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
23:31 / 16.01.2026
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning o‘g‘li Adam og‘ir «avariya»ga uchragani aytildi
10:48 / 15.01.2026
Yunusobod tumanida uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
21:52 / 14.01.2026