O‘zbekistonda elektron tijorat ma’murchiligi takomillashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining “Elektron tijorat ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilganligi munosabati bilan O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: Shutterstock
Prezidentning «Elektron tijorat ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ayrim NHHlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Ular quyidagi tartiblarni belgilaydi: elektron tijorat platformalari va raqamli ekotizim operatorlari – axborot vositachilari faoliyatini tashkil etish tartibi; Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazi elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarini amalga oshirish tartibi.
Bunda mahalliylashtirish darajasining yuqori chegarasini aniqlash hamda ushbu belgilangan darajaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, qo‘shimcha garov joriy etilishi munosabati bilan, shartnoma majburiyatlarini bajarishdan bosh tortish, sun’iy arzon narxlarda takliflar berish yo‘li bilan xaridlar uzilishining oldini olish mexanizmi joriy etilmoqda.
Shuningdek, xarid qilish tartib-taomillarining tugash vaqtini faqat ish kunlari va ish soatlarida belgilash orqali bozorni manipulyatsiya qilish imkoniyati istisno qilinmoqda.
Shartnoma majburiyatlarining bajarilishi kafolatlarini ta’minlash tartibini operatorning hisob-kitob kliring palatasida xaridlar ishtirokchilarining shaxsiy hisobvaraqlaridagi depozitlarni oldindan to‘lash va blokirovka qilish orqali belgilash nazarda tutilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun kafolatlar berish tartibi joriy etilmoqda.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rossiyaning navbatdagi manipulyatsiyalari». Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga bergan javobini izohladi
Jahon | 01:23
-
Misr Isroil va HAMASga 60 kunlik sulh bo‘yicha yangi rejani taklif qildi
Jahon | 00:41
-
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
Jahon | 23:54 / 13.03.2025
-
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi
Jahon | 23:23 / 13.03.2025
Mavzuga oid

15:15 / 04.03.2025
O‘zbekistonda 20 martdan Temu platformasidan foydalanish cheklanadi

21:30 / 27.02.2025
O‘zbekistonda Xitoyning Temu marketpleysi bloklanishi mumkin

19:00 / 13.02.2025
Xaridlarni qanday tejash mumkin? GoBozor o‘zbekistonliklar uchun foydali yechimlarni taklif etadi!

21:20 / 11.01.2025