15:05 / 28.07.2022
4061
“Sberbank” O‘zbekiston va Qirg‘izistonga rublda bepul pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ydi
Foto: TASS

O‘zbekistonning 5ta banki kartalariga “Sberbank” Onlayn ilovasi orqali kuniga 50 ming rublgacha komissiyasiz pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Buning ortidan rublning so‘mga nisbatan bosimi yanada ortishi mumkinligi aytilmoqda.

“Sberbank” bank kartalaridan O‘zbekiston va Qirg‘izistonga rubldagi bepul pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda.

Qayd etilishicha, 0 foizlik komissiya “Sberbank” Onlayn ilovasida amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari uchun qo‘llaniladi. Komissiyasiz pul o‘tkazmalarining kunlik chegarasi Qirg‘izistonga 150 ming rublgacha, O‘zbekistonga esa 50 ming rublgacha bo‘ladi.

Bepul o‘tkazmalarni O‘zbekistonning 5ta banki kartalariga amalga oshirish mumkin:

  • Agrobank;
  • Universalbank;
  • Hamkorbank;
  • Xalq banki;
  • Oriyent finans bank.

O‘z navbatida, Qirg‘izistonning ham 5ta banki kartalariga komissiyasiz o‘tkazmalar amalga oshiriladi:

  • Bakay Bank;
  • FINSA Bank;
  • MBank;
  • Keremet Bank;
  • Bank Kompanon;
  • ElCOM va O! Dengi elektron hamyonlari.

Bepul pul o‘tkazmalarining oylik limiti O‘zbekistonga 600 ming rubl, Qirg‘izistonga esa 1,5 mln rubl etib belgilangan. 

Ushbu amaliyot ortidan rublning so‘mga nisbatan bosimi yanada ortishi aytilmoqda.

Top