2025 yilning yanvar–noyabr oylarida Özbekistonga 17,3 mlrd dollar miqdorida pul ötkazmalari kelib tuşdi. Bu – ötgan yilning mos davriga nisbatan 25 foizga köp, deya ma’lum qildi Markaziy bank.
Qayd etilişiça, ötkazmalarning oşişi sömning mustahkamlanişiga yordam bergan.

Avvalroq iqtisodçi Mirkomil Xolboyev aholi daromadlari böyiça 9 oylik rasmiy statistikaga asoslanib hisob-kitob yuritgan va şunday xulosaga kelgan edi: agar pul ötkazmalarida ösiş bölmaganida, Özbekiston aholisining jon boşiga umumiy daromadlari bu yil ösmagan bölardi. Jumladan, ötkazmalarning oşişi 8 ta viloyatda aholini kambağallaşişdan saqlab qolgan.
Valuta bozoridagi holat
2025 yilning 11 oyida jismoniy şaxslar tomonidan banklarga 19,4 mlrd dollar sotilgan (ösiş 33 foiz) va 10,6 mlrd dollar xarid qilingan (ösiş 25 foiz).

Bu davrda milliy valuta almaşuv kursi 7,5 foizga mustahkamlangan bölib, Markaziy bank buni quyidagi omillar bilan izohladi:
- eksport tuşumlarining oşişi;
- xorijiy kreditlarning jalb qilinişi;
- import tölovlari hajmlarining nisbatan barqarorlaşuvi;
- xalqaro pul ötkazmalari hajmining sezilarli darajada ösişi;
- investitsiya hajmlari, jumladan töğridan töğri xorijiy investitsiyalarning oşişi.

















