2025 yilning III çoragida mehnat muhojirlari tomonidan Özbekistonga 5,7 mlrd dollar miqdorida pul ötkazmalari amalga oşirilib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 18,5 foiz ösiş qayd etildi. Bu Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan mehnat bozori şarhida keltiriladi.
«Joriy dinamikaning şakllanişi asosan mehnat muhojirlarini qabul qiluvçi mamlakatlarda valuta kurslarining nisbatan barqarorligi, iş haqining oşişi va iqtisodiy faollikning yuqori sur’atlari bilan boğliq», deyiladi relizda.

III çorakda Boltiq davlatlari va boşqa mintaqalardan (AQŞ, Rossiya, Yevropa va Osiyo mintaqalarini hisobga olmaganda) ötkazmalar hajmi ösiş sur’ati qolgan mintaqalarga nisbatan yuqoriroq bölgan. Xususan, mazkur mintaqalardan pul ötkazmalari 40 foizga ösgan. Şu bilan birga, Yevropa, Rossiya va Osiyo mintaqalaridan esa ötkazmalar ösiş sur’atining sekinlaşiş tendensiyasi davom etgan.
Şarhda keltirilişiça, taşqi bozorda, xususan Rossiya, Yevropa va Boltiq davlatlarida kuzatilayotgan sönggi tendensiyalar hamda işçi kuçiga bölgan talabning ösişi pul ötkazmalaridagi joriy dinamikaning şakllanişida muhim ahamiyat kasb etgan. Bu, öz navbatida, mehnat muhojirlari oqimi yönalişlari bosqiçma-bosqiç kengayayotganligidan dalolat beradi. Sönggi yillarda migratsiya yönalişlari kengayişi asosan Osiyo, Yevropa va AQŞ mamlakatlarida kuzatilyapti. Xususan, 2025 yil 1 oktyabr holatiga Koreyadagi özbekistonlik rezidentlar soni yil boşiga nisbatan 0,4 foizga ösib, 95,3 ming nafarni taşkil etgan.








