17:05 / 28.07.2022
17746

Toshkentda Labo yukxonasida cho‘milib, jamoat tartibini buzgan fuqaro va mashina haydovchisi 10 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Labo transport vositasining yukxonasida bir fuqaro cho‘milgani aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

Foto: IIBB axborot xizmati

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, ushbu fuqarolarning shaxsi aniqlandi

Qayd etilishicha, 1990 yilda tug‘ilgan Yu.Q. boshqaruvidagi Labo transport vositasi yukxonasida 1996 yilda tug‘ilgan Yu.Sh. jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan ustiga suv quyib, baqir-chaqir qilib jamoat tartibini buzgan. 

Mazkur holat bo‘yicha ushbu fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudiga taqdim etilgan.

Bildirilishicha, sud tomonidan ushbu shaxslarga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Mavzuga oid
Top