Ma’lum qilinişiça, 2022 yil 7 iyul kuni soat 05:30da Qöqon-Yaypan yölining Özbekiston tumani “Köl elaş” MFY hududidagi köçada harakatlanib ketayotgan Şahrixon şahrida yaşovçi N.Q.ga tegişli bölgan Labo yuk maşinasi haydovçi boşqaruvni yöqotgani sababli yöl çetidagi çinor daraxtiga urilgan. Zarba tufayli maşinada yonğin sodir bölgan.
Öt öçiruvçilar hodisa joyiga 05:40da yetib borib, olov 05:41da örab olingan va 05:44da öçirilgan. Ammo ungaça Labo töliq yonib ketgan.
Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro yengil tan jarohati olib, tuman markaziy şifoxonasiga yotqizilgan. Hozirda ularning soğliği yaxşi.
Avvalroq, Qaşqadaryoda harakatlanib ketayotgan Lada Kalina maşinasi yonib ketgandi.








