Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida Labo rusumli transport vositasi yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, 15 aprel kuni soat 12:03 larda Qarşi şahar «Xudoyzod» MFY, Tafakkur köçasida Labo avtomobilining yonayotgani töğrisida FVBga xabar kelib tuşgan. Voqea joyiga yonğin-qutqaruv bölinmasi soat 12:11 da yetib borgan va yonğin töliq soat 12:17 da öçirgan.
Aniqlanişiça, Samarqand viloyati Toyloq tumanida yaşovçi fuqaro S.B.ga tegişli oq rangli Labo şatakka olib ketilayotgan bölgan.
Yonğin elektr simlarining qisqa tutaşuvi sababli yuzaga kelgani taxmin qilinmoqda. Yonğindan tan jarohati olganlar yöq.

















