16:54 / 29.07.2022
3349
Toshkent viloyatida aholiga ajratilgan unni sotib yuborgan shaxslar aniqlandi

Angren shahrida aholiga ajratilgan un mahsulotini sotib yuborgan soxta tadbirkorlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, fuqarolar M.A. va T.B. soxta tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, T. ismli shaxsning nomiga “Q.S.” va “K.A.” MChJni tashkil etishib, ushbu MChJlarga davlat resurslari hisobidan ajratilgan 369 mln so‘mlik jami 148 tonna un mahsulotini belgilangan dislokatsiyaga asosan to‘g‘ridan to‘g‘ri arzonlashtirilgan narxlarda sotilishini ta’minlamasdan, boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborgani aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 179-moddasi (soxta tadbirkorlik), 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top