7 sentabr kuni Angrenda sodir bölgan YTH yuzasidan Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning farmoyişi qabul qilindi. Biroq farmoyiş e-qaror.gov.uz platformasida şaxsga doir ma’lumotlar borligi vaji bilan yopib qöyilgan.
Daryo.uz naşri xabar qilişiça, hokim farmoyişida YTH oqibatida 11 kişi halok bölgani keltirilgan. Unga köra, 9 sentabrda imzolangan farmoyişda 6 kişi turli darajada tan jarohatlari olib şifoxonaga joylaştirilgani qayd etilgan.
Şuningdek, hujjatda viloyat hokimi örinbosarlari va tegişli taşkilotlar YTH oqibatida vafot etganlarning şaxsiga aniqlik kiritişi, ularning oila a’zolariga hamda jabrlanganlarga tibbiy, moddiy, psixologik va boşqa yordamlar körsatişi belgilangan. Halok bölganlarning dafn marosimlari bilan boğliq kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilişi qayd etilgan. Jarohat olganlarga Angren şahar tibbiyot birlaşmasida zarur tibbiy yordam körsatilayotgani bildirilgan.
Kun.uz’ning içki işlar organlaridagi manbasiga köra esa bugunga kelib uşbu YTH oqibatida vafot etganlar soni 13 kişiga yetgan.
UPD: Rasmiylar vafot etganlar soni 13 nafarga yetganini tasdiqlamayapti.
Eslatib ötamiz, 7 sentabr kuni soat 12:20 atrofida Qamçiq dovonidan Angren şahriga kirib keliş joyida dahşatli avariya röy bergandi: sement taşuvçi Shacman rusumli yuk avtotransporti boşqaruvni yöqotib, harakat yönalişidagi temiryöl kesişmasida töxtab turgan ikkita yuk avtomaşinasi hamda beşta yengil avtotransport vositalari bilan töqnaşib, yöl transport hodisasini sodir etgan. IIV hodisa oqibatida 7 nafar fuqaro voqea joyida vafot etganini, turli tan jarohatlari olgan 5 nafar fuqaro tibbiyot muassasalariga yotqizilganini hamda 4 nafar fuqaroga tibbiy yordam körsatilib, uylariga javob berilganini ma’lum qilgandi.












