Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTMlarda kasbiy, ijodiy imtihonlar boshlandi
Foto: edu.uz
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida kasbiy, ijodiy imtihonlar boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar bermoqda.
1–10 avgust kunlari mamlakatning 46 ta OTMda kasbiy imtihonlar bo‘lib o‘tadi.
Abituriyentlar ota-onalariga imtihon jarayonlari haqida tezkor va batafsil ma’lumot berib borish maqsadida maxsus Eduuzijodiy2022 telegram-kanali faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Unda imtihonlar qaysi oliy ta’lim muassasasida bo‘lib o‘tayotgani, imtihon o‘tkaziladigan joylar, o‘quv xonalarni jonli tarzda kuzatish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, maxsus kanalga imtihonlar haqidagi xabarlar (foto va videolavha) ham joylab boriladi.
Ijodiy imtihonlarning xolis va shaffof o‘tkazilishini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida jarayonlarga deputatlar, OAV vakillari, blogerlar, davlat va jamoat arboblari ham taklif etilmoqda.

OTMda bo‘lib o‘tayotgan imtihonlarni imtihon.edu.uz platformasi hamda oliygohlarning rasmiy YouTube kanallari orqali jonli kuzatib borish mumkin.
Mavzuga oid
18:25 / 13.01.2026
Harbiy xizmatni o‘taganlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi
20:04 / 01.01.2026
Yangi O‘zbekiston universitetining kampusi 200 mln dollarga baholanmoqda
08:45 / 25.12.2025
OTM davlat akkreditatsiyasi: baholash tartibi va majburiy indikatorlar belgilandi
15:15 / 23.12.2025