09:01 / 01.08.2022
19578
Shomurodov «Bolonya»ga o‘tmoqda

«Bolonya» o‘zbekistonlik hujumchini «Roma»dan keyinroq sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqda.

Eldor Shomurodovning yangi mavsumni qaysi klubda boshlashi deyarli oydinlashdi.

Insayder Nikola Skiraning ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik hujumchi «Bolonya»ga o‘tadi. Bolonyaliklar Shomurodovni «Roma»dan 9 million yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olishadi. 

Avvalroq, jurnalist Janluka di Marsio bolonyaliklar Shomurodovni ijaraga olish masalasida kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edi.

Avvalroq, TuttoSport nashri «Roma» o‘zbekistonlik 27 yoshli forvardini 18 million yevroga baholayotgani haqida ma’lum qilgandi. U 2021 yilda «Jyenoa»dan rimliklar safiga 17,5 mln yevro evaziga o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha «Roma» klubi Shomurodovni Isroildagi yig‘inga olib bormagani, futbolchining agenti esa Eldor tez orada jamoasini o‘zgartirishini ma’lum qilgandi. O‘zbekiston milliy jamoasi forvardi o‘tgan mavsum rimliklar safida jami 39 o‘yinda 5ta gol va 6ta assistga mualliflik qilgan. Uning «bo‘rilar» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, «Bolonya» A Seriya 2021/22 yilgi mavsumini 46 ochko bilan 13-o‘rinda yakunlagan edi. Klub yangi mavsumni chempionatda 14 avgust kuni «Latsio»ga qarshi safardagi bahs bilan boshlaydi.

Mavzuga oid
Top