11:07 / 02.08.2022
6471

Respublika bo‘yicha 60 ta talabalar turar joyini qurish loyihalari amalga oshirilmoqda - OTV

1 avgust holatiga ko‘ra, DXSh asosida 20 800 o‘rinli talabalar turar joyi qurish bo‘yicha 39 ta loyiha ustida ish olib borilgan.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mo‘min Ibodov talabalarni turar joy bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Talabalar turar joylarini davlat xususiy sheriklik asosida barpo etish bo‘yicha 2022 yilda oliy ta’lim muassasalarida jami 18 800 o‘rinli 47 ta talabalar turar joyini barpo etish belgilangan.

Bildirilishicha, bugungi kunda respublika bo‘yicha jami 30 890 o‘rinli 60 ta talabalar turar joyini qurish loyihalari amalga oshirilmoqda.

Davlat-xususiy sheriklikdan tashqari bo‘lgan yotoqxonalar qurilishi loyihalari doirasida jami 10 090 o‘rinli 21 ta yotoqxona qurilishi amalga oshirilmoqda. 

Ayni damda respublikada jami 16 050 o‘rinli 30 ta loyihada qurilish ishlari qizg‘in olib borilmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.

 

Top