07:22 / 04.08.2022
11659

Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2022-2023 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga «Abituriyent ruxsatnomasi»ni berish boshlandi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun «Abituriyent ruxsatnomasi»ni my.dtm.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining quyidagi maxsus telegram-botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud:

Test sinovlari 8 avgustdan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 7 avgustga qadar yuklab olishlari so‘ralgan.

Abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Top