6 oyda O‘zbekistonda 48 trln so‘mlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 48 trln so‘mlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan.
O‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning hajmida 39,4 foizni tashkil etdi.
O‘zbekistonda so‘nggi 5 yilda o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi:
- 2017 yilda – 17,1 trln so‘m;
- 2018 yilda – 30,2 trln so‘m;
- 2019 yilda – 85,4 trln so‘m;
- 2020 yilda – 89,8 trln so‘m;
- 2021 yilda – 101,4 trln so‘m.