2023 yil davomida Özbekistonga moliyaviy oqim 6,6 mlrd dollarni taşkil etgan. Bunda, töğridan-töğri investitsiyalarning sof oqimi 2,2 mlrd dollarni taşkil etib, 2022 yilga nisbatan 16 foizga yoki 425 mln dollarga qisqargan. Bu haqda Markaziy Bank ma’lumotlariga tayanib Mirkonomika xabar berdi.
Qayd qilinişiça, sönggi 5 yilda faqat pandemiya kuzatilgan 2020 yilda töğridan-töğri investitsiyalar oqimida qisqariş kuzatilgan edi. Öşanda iqtisodiy ösiş 2 foizgaça sekinlaşgan. 2023 yilda esa ösiş 6 foizni taşkil etib, 2022 yilga nisbatan 0,3 foizga tezlaşgan.

Öz navbatida portfel investitsiyalar hajmi qariyb 1 mlrd dollarni taşkil etgan. Bu oktyabr oyida çiqarilgan 4,25 trln söm miqdoridagi «yaşil» suveren xalqaro obligatsiyalar hamda 660 mln dollar miqdoridagi xalqaro obligatsiyalar bilan izohlanadi.
Umuman olganda törtinçi çorakda tölov balansida moliyaviy oqimning yuqori darajada ösişi natijasida umumiy oqim joriy operatsiyalar hisobi defitsitiga nisbatan 900 mln dollarga köproq bölgan, bu esa törtinçi çorakda zaxiralar hajmining qariyb 1,9 mlrd dollarga oşişiga zamin yaratgan. Ammo oldingi çoraklardagi nomutanosibliklar hisobiga zaxiralar hajmi 2023 yilda 2,7 mlrd dollarga qisqargan.
Ta’kidlanişiça, davlatga töğridan-töğri investitsiyalarning yuqori sur’atda sezilarli qisqarişi kelajak uçun xavotirli signal sifatida qabul qilinişi kerak.













