Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga asosan 7 mart kuni boş vazir raisligida xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş borasida erişilgan kelişuvlar ijrosini ta’minlaş masalalari muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Boş vazir matbuot xizmatining xabar qilişiça, Abdulla Aripov raisligida ötgan majlisda vazirliklar va idoralar rahbarlari, viloyatlar hokimlari iştirok etdi.
Tanqidiy ruhda ötgan videoselektorda xorijiy davlatlar bilan şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, erişilgan kelişuvlar va imzolangan hujjatlarning ijrosini sözsiz va öz vaqtida ta’minlaş öta muhimligi ta’kidlandi.
Şu maqsadda, prezidentning tegişli qarorlari bilan Ilzat Ablahatoviç Qosimov investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri örinbosari etib tayinlangani ma’lum qilindi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, çet el davlatlari bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlaş, Osiyo mamlakatlari, ayniqsa, Xitoyning rasmiy va işbilarmon doiralari bilan ötgan uçraşuv va muzokaralarda erişilgan kelişuvlar, hamkorlikda amalga oşirilayotgan yirik investitsiya loyihalari ijrosini ta’minlaşga alohida e’tibor qaratiş lozimligi ta’kidlab ötildi.













