21:11 / 05.08.2022
10986
Isroil G‘azo sektoriga zarbalar berdi va favqulodda holat e’lon qildi 

Favqulodda holat rejimi G‘azo sektoridan 80 kilometrgacha bo‘lgan radiusda 5 avgust soat 16:45dan 6 avgust soat 20:00gacha amal qiladi. 

Foto: Mohammed Abed/AFP

Isroil mudofaa armiyasi G‘azo sektorining HAMAS harakati nazorati ostidagi qismiga zarbalar berdi va yaqin-atrofdagi rayonlarda favqulodda holat e’lon qildi. 

Isroil armiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, favqulodda holat rejimi G‘azo sektoridan 80 kilometrgacha bo‘lgan radiusda 5 avgust soat 16:45dan 6 avgust soat 20:00gacha amal qiladi. 

Armiya vakillarining ma’lumot berishicha, «Tong» deb nomlangan mazkur operatsiya Falastindagi «Islom jihodi» guruhiga qarshi qaratilgan. 

Reuters agentligining xabariga ko‘ra, zarbalar natijasida G‘azoda guruh komandirlaridan biri halok bo‘lgan. 

Al Arabiya telekanali Isroil armiyasi zarbalari oqibatida besh kishi halok bo‘lgani, yana 40 kishi jarohatlangani to‘g‘risida xabar berdi. 

Mavzuga oid
Top