07:49 / 05.08.2022
7330

O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi ma’lum qilindi

Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari e’lon qilindi. 

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazgan. 

2022 yil 3 avgust holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

  • suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 49 500 – 78 000 so‘m
  • qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 58 000 – 90 000 so‘m
  • kartoshka (1 kg) ➖ 2000 – 6000 so‘m
  • piyoz (1 kg) ➖ 2000 – 7500 so‘m
  • sabzi (1 kg) ➖ 1 500 – 6 000 so‘m
  • tuxum (10 dona) ➖ 7000 – 15 000 so‘m
  • guruch (1 kg) ➖ 5000 – 25 000 so‘m
  • o‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 16 000 – 30 000 so‘m
  • shakar (1 kg) ➖ 11 000 – 17 000 so‘m

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Mavzuga oid
Top