13:21 / 05.08.2022
7969

Abituriyent ruxsatnomasini Telegram-bot orqali olish imkoniyati yaratildi

2022/2023 o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarni kirish imtihonlariga ruxsatnoma olishlari uchun yana bir interaktiv xizmat ishga tushirildi.

Foto: Kun.uz

Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, buning uchun @edu_mandatbot ishga tushirildi.

Bunda, shunchaki qaydnomani Pdf shaklda yuborish va ruxsatnomani olish mumkin. Barcha xizmatlar bepul.

Test sinovlari 8 avgustdan boshlanishini inobatga olgan holda, ruxsatnomalarni 7 avgustga qadar yuklab olish tavsiya etilgan.

Top