Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Pokiston va Turkmaniston bilan qo‘shma transport kompaniyalari tashkil etishni taklif qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 avgust kuni xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Mamlakat mahsulotlari xorijga, asosan, 9 ta transport yo‘lagi orqali tashiladi. Taqdimotda har bir transport yo‘lagi bo‘yicha dolzarb masalalar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
– Transport sohasini rivojlantirish iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish uchun muhim zamin. Transportda yuk tashish tannarxi past bo‘lsa, ham eksport, ham investitsiya ko‘payadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Transport vazirligiga tadbirkorlar uchun eng maqbul yo‘llarni taklif etish va ular transport xarajatlarini qisqartirish vazifasi qo‘yildi.
Yevropaga eksport yuklarini tashish uchun qo‘shimcha ruxsatlar olish muhimligi ta’kidlandi. Avtomobilda yuk tashish uchun Pokiston va Turkmaniston bilan qo‘shma transport kompaniyalari tashkil etish taklifi bildirildi.
“Qo‘ng‘irot-Beynov” xalqaro avtomobil yo‘li rekonstruksiyasini jadallashtirish, yuk vagoni ishlab chiqarish quvvatlarini to‘liq ishga solish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Mavzuga oid
15:05
Tramp Davosda: Yevropa noto‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda
14:14
Shengen vizasini qanday qilib mustaqil olish mumkin?
17:25 / 19.01.2026
Yevropa va Lotin Amerikasi vakillari dunyodagi eng yirik erkin savdo hududi bo‘yicha kelishuv imzoladi
09:02 / 19.01.2026