08:45 / 12.08.2022
2170
Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi e’lon qilindi

O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi ma’lum qilindi.

Foto: Davlat statistika qo‘mitasi

O‘zbekiston dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazgan. 

2022 yil 10 avgust holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

  • suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 49 500 – 78 000 so‘m;
  • qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 58 000 – 90 000 so‘m;
  • kartoshka (1 kg) ➖ 2000 – 6000 so‘m;
  • piyoz (1 kg) ➖ 2000 – 7000 so‘m;
  • sabzi (1 kg) ➖ 1 500 – 6 000 so‘m;
  • tuxum (10 dona) ➖ 7000 – 15 000 so‘m;
  • guruch (1 kg) ➖ 5000 – 25 000 so‘m;
  • o‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 16 000 – 30 000 so‘m;
  • shakar (1 kg) ➖ 11 000 – 17 000 so‘m.

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Top