Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 16 yoshgacha bolalari bor uy xo‘jaliklari ulushi oshdi
Milliy statistika qo‘mitasining 2025 yil yanvar–dekabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari ulushi 74,3 foizga teng bo‘ldi.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich avvalgi yillarda ham deyarli shu atrofda saqlanib kelgan. Xususan, 2015 yilda 16 yoshgacha bolalari bor uy xo‘jaliklari ulushi 74,2 foizni, 2020 yilda 74,3 foizni tashkil etgan.
2024 yilda esa ko‘rsatkich 71,6 foizgacha pasaygan. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, ulush yana 74,3 foiz darajasiga chiqqan.
Mutaxassislar bu kabi tanlanma kuzatuvlar aholi tarkibi, demografik o‘zgarishlar va uy xo‘jaliklari tuzilmasidagi tendensiyalarni baholashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlaydi.
Mavzuga oid
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
18:46 / 08.07.2026
Smartfondan real ijodga: robototexnika bolalarni qanday rivojlantiradi?
10:25 / 06.07.2026
Har uchinchi yangi avtomobil - Cobalt: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda?
22:18 / 05.07.2026