10:28 / 12.09.2022
5266

Bir nechta shahar va tumanlar soliq inspeksiyalariga rahbarlar tayinlandi

Andijon, Marhamat, Paxtakor, Mirzacho‘l, Sergeli tumanlari va Andijon shahri davlat soliq inspeksiyalarida yangi rahbarlar ish boshladi. Bu haqda “Davlat boshqaruvi” kanali xabar berdi.

Xususan:

  • Maxsudov Baxtiyor Andijon tumani DSI
  • Botirov Izzatulla Marhamat tumani DSI
  • Kurbonov Lochinbek Andijon shahri DSI
  • Safarov Umirboy Paxtakor tumani DSI
  • Boliqulov Akmal Mirzacho‘l tumani DSI
  • Qosimov Xusan Sergeli tumani DSI boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Avvalroq, 13 ta tuman soliq boshlig‘i lavozimidan olingani, 40 dan ziyod rahbar xodimga intizomiy choralar ko‘rilgani ma’lum qilingandi.

Top