Qömita axborot xizmatining ma’lum qilişiça, Hay’at majlisida1-çorak yakunlari böyiça soliq organlari faoliyat körsatkiçlari tahlil qilingan. Bir qator rahbarlar jazolangan.

Yirik soliq tölovçilar böyiça hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Qaşqadaryo va Toşkent viloyati DSB, Kogon hamda Andijon şahar DSI rahbarlariga nisbatan navbatdagi intizomiy jazo çoralari belgilangan.

Andijon, Olot, Zomin, Paxtakor, Foriş, Uçqörğon, Qöşrabot, Urgut, Jarqörğon, Termiz, Sirdaryo, Guliston tumanlari hamda Yangiyer şahar DSI boşliqlari lavozimidan ozod etilgan.

Şuningdek, soliq qarzini majburiy undirişga qaratişda yöl qöygan xato va kamçiliklari uçun Asaka, Çiroqçi, Mingbuloq, Urgut, Mirzaobod, Sardoba, Boğdod, Qumqörğon tumanlari hamda Quvasoy va Jizzax şahar DSI bölim boşliqlari lavozimidan ozod etildi.

Savdo va xizmat körsatiş sohasida “Soliq hamkor” tizimi orqali tuşgan murojaatlar bilan işlaş hamda uşbu yönalişda nazorat tadbirlarini amalga oşirişdagi jiddiy xato va kamçiliklari uçun Nukus, Jizzax va Andijon şaharlari, Ğijduvon, Çiroqçi, Karmana, Pop, Urgut hamda Bekobod tumani DSI Sayyor soliq tekşiruvlari bölim boşliqlari ham lavozimidan ozod etilgan.

Bundan taşqari, yuqori natijalarga erişgan Davlat soliq boşqarmalari va 64 ta soliq inspeksiyalari jamoasini moddiy rağbatlantirişga qaror qilingan.

Avvalroq, Sirdaryoda soliq boşqarmasi boşliği örinbosari olgan porasining bir qismini qaytarayotganda qölga tuşgani xabar qilingan edi.