07:23 / 20.09.2022
46953

1 kuni 2,5 milliondan 29 million so‘mgacha - Samarqanddagi yangi mehmonxonalar va prezident apartamentlari (foto)

15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Shanhay hamkorlik tashkiloti sammiti uchun 2 yil davomida “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazi qurildi. Uning qoq o‘rtasida qad rostlagan Kongress markazda ShHT sammitining asosiy tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Eshkak eshish kanali sohilida 200 gektardan oshiq maydonda 2 ta besh yulduzli, 2 ta to‘rt yulduzli va 4 ta butik-hotellar barpo etildi.

Eng yirik 5 yulduzli mehmonxona – «Silk Road by Minyoun»da Xitoy delegatsiyasi joylashdi. 21 qavatli mehmonxonada 241 ta xona mavjud, ularning 2 tasi prezident apartamenti, 24 tasi lyuks, yana 24 tasi yarim lyuks xona hisoblanadi.

Booking.com ma’lumotlariga ko‘ra, bu mehmonxonada 1 kishining 1 kunlik qolish narxi 2,3 million so‘mdan 29 million so‘mgacha turadi.

Foto: Kun.uz
Foto: Booking.com
Foto: Booking.com

Rossiya prezidenti Vladimir Putin boshchiligidagi delegatsiya ham turistik markazdagi yana bir 5 yulduzli mehmonxona – «Samarkand Regency Amir Temur»da joylashdi. Bu mehmonxona «qo‘shnisidan» biroz pastroq – 20 qavatli bo‘lib, unda 232 ta xona mavjud. Ularning 2 tasi prezident apartamenti, 24 tasi lyuks xona hisoblanadi.

Booking.com ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mehmonxonada 1 kishining 1 kunlik qolish narxi 2,5 million so‘mdan 10,1 million so‘mgacha turadi. («Samarkand Regency Amir Temur»dagi prezident apartamentlarining narxlari e’lon qilinmagan).

Foto: Kun.uz
Foto: Booking.com
Foto: Booking.com

Uning yonginasida qad rostlagan 4 yulduzli «Savitsky plaza» mehmonxonasida Qozog‘iston va Turkiya delegatsiyasi, shuningdek 5 ta xalqaro tashkilot vakillari joylashdi. 10 qavatli ushbu mehmonxonada 175 ta xona mavjud bo‘lib, ularning 2 tasi prezident apartamenti, 16 tasi lyuks, 8 tasi yarim lyuks hisoblanadi.

Booking.com ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mehmonxonada 1 kishining 1 kunlik qolish narxi 1,7 million so‘mdan 22 million so‘mgacha turadi.

Foto: Kun.uz
Foto: Booking.com
Foto: Booking.com

Ikkinchi 4 yulduzli «Stars of Ulughbek by Minyoun» mehmonxonasida esa Ozarboyjon va Turkmaniston yetakchilari, shuningdek 4 ta xalqaro tashkilot vakillari mehmon bo‘ldi. 9 qavatli ushbu mehmonxonada 170 ta xona mavjud bo‘lib, ularning 2 tasi prezident apartamenti, 14 tasi lyuks, 7 tasi yarim lyuks hisoblanadi.

Mehmonxonada 1 kishining 1 kunlik qolish narxi 1,9 million so‘mdan 22 million so‘mgacha turadi.

Foto: Kun.uz
Foto: Booking.com
Foto: Booking.com

Ushbu mehmonxonalar qarshisida yana 4 ta «Wellness Park Hotel» mehmonxonalari bor. Ularning 1 tasi 6 qavatli, qolgan 3 tasi esa 7 qavatdan iborat. Ularning har biri 2 tadan prezident apartamenti hamda o‘nlab lyuks xonalarga ega. Ushbu 4 ta mehmonxonaga Belarus–Eron, Hindiston, Qirg‘iziston–Pokiston, Tojikiston–Mo‘g‘uliston yetakchilari boshchiligidagi delegatsiyalar joylashdi.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Quvonarli tarafi ushbu 4 ta mehmonxonaning 3 tasi tarixiy nomlar bilan nomlangan – Afrosiyob, So‘g‘d va Baqtriya.

Foto: Booking.com
Foto: Booking.com
Foto: Booking.com

Hozircha Booking.com'da «Wellness Park Hotel» mehmonxonalarining narxlari ko‘rsatilmagan.

Bundan tashqari, «Ipak yo‘li Samarqand» turistik markazida sun’iy eshkak eshish kanali hamda Mirzo Ulug‘bek rasadxonasiga o‘xshash shaklda qurilgan sahna ham bor.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Yana bir muhim obekt – «Boqiy shahar» etnoshaharchasida qadimiy me’moriy an’analarga xos tarzda usta - hunarmandlar ustaxonasi, savdo rastalari, milliy taomlar markazlari barpo etilgan.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Farrux Absattarov tayyorladi.

Mavzu
Samarqandda ShHT sammiti
15–16 sentabr kunlari Samarqand shahrida Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti tashkillashtiriladi.
Barchasi
Top