08:20 / 22.09.2022
1579
Avgustda 7,5 mingdan ortiq Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi

Avgust oyida ishlab chiqarilgan avtomobillar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022 yil avgust oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni bo‘yicha Lacetti-Gentra yetakchilik qilyapti - 7 876 dona.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shu davr mobaynida 7 757 dona Cobalt hamda 6 843 dona Damas avtomobili ham ishlab chiqarilgan.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan avtomobillar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Spark - 1 548 dona;
  • Nexia T-250 - 1 443 dona;
  • Tracker - 64 dona.
Mavzuga oid
Top