10:16 / 03.10.2022
6645

Diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish imkoniyati yaratildi

Oliy ta’lim muassasasini tugatganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish uchun diplom.edu.uz axborot tizimi ishlab chiqildi.

Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, tizim quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: 

  • bitiruvchilar diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi;
  • diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikatsiya tizimi – OneID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. 
  • Qayd etilishicha, oliygoh diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

Platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi.

Top