Janubiy koreyalik talaba ko‘zlari yordamida dissertatsiya yozib, magistraturani muvaffaqiyatli tamomladi
Bedavo kasallikka chalingan 37 yoshli Jang Ik-Sonning tanasi deyarli ishlamaydi. Shunga qaramay u ko‘plab akademik yutuqlarga erishib kelmoqda.

Foto: AP
Janubiy Koreyada mushak distrofiyasidan aziyat chekadigan talaba, tanasining aksariyat qismi ishlamasligiga qaramay, magistrlik darajasini qo‘lga kiritdi.
37 yoshli Jang Ik-Songa besh yoshida mushak distrofiyasi tashxisi qo‘yilgan. Bu davosiz kasallik mushaklarni zaiflashtirib, degeneratsiyaga olib keladi, natijada ko‘pchilikning harakat funksiyalari to‘xtab qoladi. Jang harakatlanish qobiliyatini yo‘qotgan bo‘lsa-da, o‘qishni davom ettirishga qaror qiladi.
2019 yilda Janubiy Koreyada o‘rta va yuqori ta’lim uchun attestat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan Jang Kvanju universitetining ijtimoiy ta’minot yo‘nalishi bo‘yicha aspiranturaga o‘qishga kirdi. U 2021 yilda ijtimoiy ta’minot sohasida bakalavr darajasini qo‘lga kiritdi.
Fevral oyida Jang Kvanju universitetida magistrlik darajasini ham oldi. Darajadan tashqari, u o‘zining ajoyib yutuqlari uchun akademik mukofotga sazovor bo‘ldi.
Qo‘llarini qimirlata olmasligi sababli, Jang o‘zining akademik orzulariga erishish yo‘lida ulkan qiyinchiliklarga duch keldi. U elektron shakli bo‘lmagan kitoblarni raqamlashtirish uchun shaxsiy skanerdan foydalanishga majbur bo‘ldi. Yigit yoza olmagani ortidan ma’lumotlarni eslab qolishda ham qiynalardi.
“Har bir kitobni skanerlash juda mashaqqatli bo‘ldi, lekin ularni o‘qishning yagona yo‘li shu edi... O‘n besh yil oldin qo‘limni stolga tirab, qaydlar yoza olardim. Endi buning ham iloji yo‘q”, — dedi u.
Jang uchun eng katta muammo magistrlik dissertatsiyasini yozish bo‘ldi. U ko‘z harakatlarini kursor buyruqlariga aylantiruvchi qurilma — ko‘zni kuzatuvchi sichqonchadan foydalandi va dissertatsiyasining har bir so‘zini harfma-harf, ko‘zlarini pirpiratib yozib chiqdi.
Uning dissertatsiyasi mushak kasalliklaridan aziyat chekadigan odamlarning yashash huquqiga bag‘ishlangan. Jang o‘ziga o‘xshagan odamlarni qo‘llab-quvvatlash va parvarishlash hayot-mamot masalasi ekanini ta’kidlab, Janubiy Koreya hukumatining og‘ir nogironligi bo‘lgan odamlarga faqat olti soatlik parvarish yordamini subsidiyalash siyosatini tanqid qildi.
Jang, shuningdek, Kvanju mushak distrofiyasi assotsiatsiyasida ishlagan va mushak distrofiyasiga oid 30 xil genetik mushak kasalliklari bilan og‘rigan insonlarni himoya qilgan. U YouTube kanaliga ham videolar joylab, ushbu kasallik haqida jamiyat xabardorligini oshirish bilan shug‘ullanadi.
Tavsiya etamiz
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp amaldorlarga Signal messnejyeridan foydalanmaslikni tavsiya qildi
Jahon | 00:13
-
Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi
Jamiyat | 23:32 / 28.04.2025
-
Olimlar Yerni samolyotlar yordamida sovitish usulini topdi
Jahon | 23:23 / 28.04.2025
-
28 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:45 / 28.04.2025
Mavzuga oid

12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Mun Je In poraxo‘rlikda ayblandi

18:42 / 21.04.2025
Seulda erkak pestitsid purkagich yordamida 21 qavatli binoga o‘t qo‘ydi

16:11 / 20.04.2025
Janubiy Koreya Harbiy-havo kuchlari deyarli barcha parvozlarni to‘xtatdi

08:10 / 19.04.2025