Eng qimmat osh Toshkent shahrida va eng arzon osh Namangan viloyatida kuzatilgan.

Foto: Kun.uz
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari o‘rganib chiqildi.
2022 yil sentabr oyi uchun o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qoraqalpog‘iston R. – 18 000 so‘m;
- Andijon viloyati – 20 800 so‘m;
- Buxoro viloyati – 21 300 so‘m;
- Jizzax viloyati –22 000 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 20 300 so‘m;
- Navoiy viloyati – 19 000 so‘m;
- Namangan viloyati – 15 000 so‘m;
- Samarqand viloyati – 21 300 so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 19 800 so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 20 700 so‘m;
- Toshkent viloyati – 21 500 so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 18 300 so‘m;
- Xorazm viloyati – 20 800 so‘m;
- Toshkent shahri – 25 800 so‘m.
Palov narxlarini belgilashda har bir porsiya va kilogramm uchun belgilangan o‘rtacha narxlar asos bo‘lgan.